Qozog’iston va O’zbekiston mintaqalararo hamkorligi


O’zbekiston va Qozog’iston davlatlari o’rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiyaviy va madaniy-gumanitar hamkorlik yanada rivojlanib, o’zaro do’stlik rishtalari mustahkamlanib bormoqda. “Qozog’istonda O’zbekiston turizimi yili” doirasida bir qator amaliy tadbirlar tashkil etildi.  Bu O’zbekiston va Qozog’iston o’rtasidagi madaniy aloqalarning yangi bosqichga ko’targanligidan dalolatdir. 2018-yil 15-noyabr kuni Qozog’iston Respublikasining Chimkent shahrida Qozog’iston va O’zbekiston mintaqalararo hamkorligining I forumi bo’lib o’tdi. Tadbirda  O’zbekiston davlat filarmoniyasi ijodiy jamoalaridan “Navro’z” ashula va raqs ansamblining raqqosalari ishtirok etishdi. 



20-11-2018, 16:54 1 886 0
Оставить комментарий