Press-reliz


O‘zbekiston davlat filarmoniyasi tashkil qilinganidan buyon nafaqat o‘zbek milliy musiqa san’ati, balki jahon musiqa klassikasi asarlarini yanada boyitish, keng targ‘ib qilish va xalqimizni bahramand qilish maqsadida jonli ijrodagi konsert dasturlarini o‘tkazib kelmoqda. 2019 yil 27-28 yanvar kunlari soat 18:00da O‘zbekiston davlat filarmoniyasi tarkibidagi “Lazgi” ashula va raqs ansamblining jonli ijrodagi konserti o‘tkazilishi rejalashtirilgan. 
   “Lazgi” ashula va raqs ansambli uzoq yillik tarixga ega ansambl hisoblanadi. Ansamblga tashkil qilinganidan keyin Komiljon Otaniyozov, Gavhar Raximova, Ortiq Otajonov, Ravshanoy Sharipovalar kabi ustoz san’atkorlar rahbarlik qilgan. Bunungi kunda ansambl o‘zining serqirra ijodi bilan o‘zbek milliy san’atining rivojiga yanada katta xissa qo‘shib kelmoqda. 
   Ansambl konsert dasturida ansambl badiiy rahbari O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Og‘abek Sobirov boshchiligidagi ansambl jamoasi, xonandalar – Anvar Sobirov, Rohila Ro‘zimova, Feruz Qalandarov, Dilfuza Qobulovalar ishtirok etishadi. Konsertda Xorazm xalq kuylari, dostonlari, ansambl repertuaridan joy olgan asarlar tomoshabinlarga taqdim etiladi. 

O‘zbekiston davlat filarmoniyasi matbuot xizmati 
28-01-2019, 14:13 25 0
Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Оставить комментарий
«    Февраль 2019    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728 

Тэги